Fan-texnika | 15:31 / 10.12.2015
8091
1 daqiqa o‘qiladi

Mercedes-Benz yangi E-Class sedanining salonini ko‘rsatdi

Mercedes-Benz kompaniyasi birinchi avlod E-Class modelining salonida olingan dastlabki rasmiy suratlar va videolavhalarni namoyish etdi. Sedan to‘lig‘icha 2015 yil oxirida taqdim etiladi, ommaviy debyut esa Detroytda o‘tadigan yanvar avtosaloniga mo‘ljallangan.

Suratlar asosida ekspertlarning xulosa qilishicha, Mercedes-Benz E-Class saloni ko‘p jihatdan S-Class sedanining detallarini takrorlaydi. Modellardagi o‘ziga raqamli uskunalar paneli va ko‘ngilochar tizimni oluvchi ikkitalik displeylar bir xil.
Modelning xarid variantiga qarab undagi rul, navigatsiyaning ko‘rinishi, shuningdek, ishlov berish materiallari va ranglari almashadi.

Model smatfondan kalit sifatida foydalanish imkoniyatini beradigan NFC tizimi bilan jihozlanadi. Buning uchun maxsus himoyalangan SIM-karta talab qilinadi.
Avtomobil sotuvlari 2016 yil aprelidan boshlanadi. Dastlab sedandan boshlanadi, so‘ng dilerlarga universal yetkazib beriladi.