Jamiyat | 19:20 / 13.12.2015
10401
2 daqiqa o‘qiladi

Britaniyalik eng yolg‘iz o‘quvchi

O‘n yoshli Aron Anderson Shotlandiyadagi chekka orol Aut-Skerrisdagi maktabning yagona o‘quvchisidir. U darslarga bir o‘zi qatnaydi, tushlikda ham yolg‘iz, o‘yin vaqtida ham bir o‘zi.

Aron otasiga o‘xshab baliqchi bo‘lishni orzu qiladi. U ingliz tili, matematika, ilm-fan, taom tayyorlash va mehnatni o‘rganmoqda. Maktabda ikkita sinf xonasi, mehnat honasi, musiqa va mehnat xonalari bor.

Aronning o‘qishi yiliga 75357 funtdan ortiq turadi. Uning ikki akasi ham mana shu maktabga qatnashgan, hozirda Aut-Skerrisdan kemada ikki yarim soat yo‘l masofada joylashgan Leruik shahrida o‘qishyapti. Ular uyga faqat bayramlar va dam olish kunlaridagina kelishadi.

Aron yagona o‘quvchi bo‘lish g‘alati ekanligini tan oladi, biroq uning mashg‘ulotlari ko‘pligi va orolni tashlab ketishni istamasligini aytadi.

Aron Anderson

Aron sinfda

Tanaffusda bir o‘zi o‘ynamoqda

Maktab

Kuchugi Tili bilan

Onasi Denis Anderson bilan

Mili laqabli kuchuk bilan

Aron mahalliy do‘konda ishlaydigan onasiga yordam beradi

Aut-Skerris oroli