Sport | 18:24 / 15.12.2015
4727
1 daqiqa o‘qiladi

"Latsio" darvozaboni golni nishonlash vaqtida jarohat olib, maydonni tark etdi

"Latsio" jamoasi darvozaboni Federiko Marketti Italiya A seriyasi doirasida "Sampdoriya"ga qarshi uchrashuvda noodatiy tarzda jarohat oldi.

O‘yinning 78 daqiqasida "Latsio" hujumchisi Matri gol urib hisobni ochdi.

Bu vaqtda esa jamoadoshlari xursandchiligiga sherik bo‘lish uchun yugurgan darvozabon qaltis harakatlanishi tufayli son mushaklarini shikastlab oldi. Natijada, 4 daqiqalik yordamdan keyin uni almashtirishga to‘g‘ri keldi.

Uning o‘rniga ikkinchi darvozabon Etrita Berishu o‘yinni davom ettirdi. U esa uchrashuvga qo‘shib berilgan daqiqalarning so‘nggisida gol o‘tkazib yubordi.