Jamiyat | 20:07 / 20.12.2015
28765
1 daqiqa o‘qiladi

“Dunyo go‘zali-2015” unvonini ispaniyalik qiz oldi

2015 yilda “Dunyo go‘zali” unvoniga ispaniyalik Mireyya Lalaguna Royo sazovor bo‘ldi.
Ikkinchi o‘rinni rossiyalik Sofiya Nikitchuk, uchinchi o‘rinni esa indoneziyalik Anindiya Kusuma Putri egalladi.

Shuningdek, kuchli beshlikka Livan va Yamayka vakilalari kirdi.

Yakuniy shou Xitoyning Sanya shahrida bo‘lib o‘tdi. 120 mamlakatdan tashrif buyurgan ishtirokchilar unga bir oy tayyorlangan edi.