Sport | 18:00 / 24.12.2015
2926
1 daqiqa o‘qiladi
Meksikaning «Pachuka» jamoasi Dart Veyderni "o‘z tarkibiga qo‘shib oldi"
Meksikaning «Pachuka» futbol klubi Amerikaning «Los-Anjyeles Gelaksi» klubi va AQSh terma jamoasi himoyachisi Omar Gonsales bilan shartnoma imzoladi. 27 yoshli futbolchi o‘zining tanishtiruv marosimiga «Yulduzlar jangi» filmi qahramoni Dart Veyderning kiyimida kirib kelgan, deya xabar bermoqda ESPN.
Futbolchi matbuot anjumani o‘tkaziladigan zalga «Yulduzlar jangi» filmi saundtreki sadolari ostida chiqib kelgan. Unga shuningdek filmning boshqa qahramonlari Chubakki, Obi-Vana Kenobilar hamrohlik qilishgan.
Jorj Lukasning mazkur kinokartinasi dunyo kinoprokatlarida 500 million dollar ishlashga ulgurdi. Mazkur trilogiyaning ikkinchisi 2017, uchinchisi — 2019 yilda chiqishi kutilmoqda.