Jahon | 19:50 / 08.01.2016
8939
1 daqiqa o‘qiladi

Putin Rossiya dzyudo termasi bilan mashg‘ulotlar o‘tkazdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin dzyudo bo‘yicha Rossiya terma jamoasi bilan mashg‘ulotlar o‘tkazdi. Mashg‘ulotlar Sochidagi “Yug Sport” Rossiya terma jamoalarini tayyorlash janubiy federal markazida o‘tkazildi.

Tatamiga Londonda o‘tgan Olimpiya o‘yinlari chempionlari Arsen Galstyan, Mansur Isayev va Tagir Xaybulayevlar chiqqan, mashg‘ulotlarga esa Rossiya terma jamoasining italiyalik bosh murabbiyi Etsio Gamba boshchilik qilgan.

Aytilishicha, Putin hamma bilan birga mashq qilgan. Tagir Xaybulayev Putinning yaxshi sport formasida ekanligini e'tirof etgan.