Jamiyat | 19:27 / 08.02.2016
13619
1 daqiqa o‘qiladi

Qizaloq bilan raqsga tushish uchun janjallashgan bog‘cha bolalari internetda mashhur bo‘lishdi

Bolalar bog‘chasidagi bayramda yuz bergan voqea internet foydalanuvchilarning tabassumiga sabab bo‘ldi.

Bog‘chadagi tarbiyalanuvchi o‘g‘il bolalardan biri pushti ko‘ylakli qiz bilan raqsga tushishga faqat o‘zini munosib bildi. Bolakay davraga tushib qizaloq bilan raqsga tushayotgan raqibini turtib yuborib o‘zi raqsga tushishga kirishib ketdi.

Biroq uning raqibi ham darhol mag‘lub bo‘lishni istamadi. U o‘rnidan turdi va o‘zini xafa qilgan bolakayni yerga qulatdi.

Janjal kuchayib ketmasligi uchun onalardan biri uni davradan olib chiqib ketdi.