Jamiyat | 18:15 / 19.02.2016
6421
2 daqiqa o‘qiladi

Foto: Avstraliya shaharlaridan birini quruq o‘t balosi qiynamoqda

Avstraliyaning Vangarat shaharchasi aholisi har kuni “sochli ofat” deb ataluvchi Panicum effusum o‘t turi bilan bir necha soat kurashishga majbur.

Quruq o‘simlikning somonlari, tom ma'noda, hovlilarni to‘ldirib tashlamoqda. Odamlar ularni xuddi qor kabi yig‘ishtirishadi va boshqa chiqindilar bilan birga shahar tashqarisiga olib chiqib tashlashadi.

Bu balo-o‘t odamlar, mashinalarning harakatiga xalaqit qilyapti. Buning ustiga u xavfsiz ham emas – uning tarkibida iste'mol qilganda hayvonlar va odamlar sog‘ligiga zarar keltiruvchi toksin mavjud.

Panicum effusum har yili yoz faslida mamlakatning qishloq xo‘jaligi hududlarida o‘sadi, lekin 2016 yilda uning o‘sishi va qurishi uchun juda qulay havo sharoiti bo‘ldi. Shamol esa ularni tarqatib tashlayapti.