Jamiyat | 11:45 / 02.03.2016
10477
1 daqiqa o‘qiladi

Oq sochlarga “javobgar” gen aniqlandi

Olimlar oq sochlar paydo bo‘lishiga “javobgar” genni aniqlashga muvaffaq bo‘ldilar.

Nature Communications jurnalida chop etilgan tadqiqot natijalariga asoslanib CNN telekompaniyasining ma'lumot berishicha, hujayra ichidagi jarayonlarni tartibga soluvchi IRF4 geni sochlar rangiga javob beruvchi – melanin soch o‘sib chiqadigan soch ildizlariga yetib boradi va sochlar rangiga ta'sir etadi, deb xabar beradi TASS.

Pigment singishi kamayishi bilan sochlar oqara boshlaydi va har bir odamda bu turli tezlikda kechadi.

Ushbu tadqiqot muallifi - London Universitet kolleji hujayra va evolyutsion Laboratoriyasi xodimi – Kostab Adikari so‘zlariga ko‘ra, tajriba natijalari sochlar oqarishiga qarshi vosita izlanishlari uchun asos yaratadi. Lekin bunga ko‘p vaqt va mexnat talab etiladi, chunki, sochlar oqarishi jarayonida ishtrok etadigan bir necha gen bo‘lishi mumkin.