Jahon | 21:11 / 02.03.2016
6190
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiya Yevropa Ittifoqi bilan sanksiyalar bekor qilinishini muhokama qilmaydi

Rossiya hukumati Parijdagi "normand to‘rtligi" uchrashuvida Rossiyaga qarshi kiritilgan sanksiyalar va ularning bekor qilinishini muhokama qilmaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova ma'lum qildi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.

"Bu haqda turli darajalarda gapirganimizdan kelib chiqqan holda, biz Yevropa Ittifoqi bo‘yicha hamkasblarimiz bilan sankiyalarning bekor qilinish imkoniyatlarini muhokama qilmaymiz. Biz ularni kiritmaganmiz. Ularni kiritishganda, bizdan so‘rashmagan. Bu bizning muammo emas, bu Yevropa Ittifoqining muammosi, bu ushbu strukturaning har ishtirokchisi, alohida davlatlar va butun ushyumaning jamoaviy muammosidir", deb aytdi Zaxarova.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiya va Ukraina fuqarolariga qarshi kiritilgan sanksiyalarni yarim yilga uzaytirishni rejalashtirayotgani ma'lum qilingandi.