Jamiyat | 11:13 / 04.03.2016
9150
2 daqiqa o‘qiladi

«Odnoklássniki» 10 yoshda

Bugun Mail.Ru Group`ga qarashli mashhur ijtimoiy tarmoqlardan biri—«Odnoklássniki» (OK.ru) ishga tushirilganiga roppa-rosa 10 yil bo‘ldi.

Butun dunyo bo‘ylab mashhur saytlar reytingida 55-o‘rinda turuvchi mazkur tarmoq faoliyati 2006 yilning 4 mart sanasida yo‘lga qo‘yilgan. Loyiha muallifi Londonda istiqomat qiluvchi, telekommunikatsiya sohasida faoliyat olib boruvchi Albert Popkov. Dasturchi uni shunchaki xobbi sifatida ishlab chiqqandi. Biroq, kutilmaganda, loyiha ommalashib ketadi va 9 oyda 1,5 million foydalanuvchi a'zo bo‘ladi.

Tarmoq 13 ta til(rus, o‘zbek, ingliz, ozarbayjon, arman,  gruzin, qozoq, qirg‘iz(beta), rumin(moldaviyaliklar uchun), rumin (ruminiyaliklar uchun), tojik (beta), turk (beta) va ukrain tili)da faoliyat yuritadi.

«Odnoklassniki»ning 2015 yildagi kunlik foydalanuvchilari 51 millionga yetdi. Ro‘yxatdan o‘tgan umumiy foydalanuvchilar soni 2013 yilning 1 yanvarida 205 million nafardan oshdi.

Shu o‘rinda yana bir muhim ma'lumot: www.kun.uz saytining www.odnoklassniki.ru tarmog‘idagi rasmiy sahifasining o‘quvchilari soni qariyb 70 ming nafarga yetdi.