Fan-texnika | 21:59 / 09.03.2016
5349
1 daqiqa o‘qiladi

Purkovchi printer barmoqlar izi skanerini alday oldi

Michigan shtati universiteti xodimlari smartfondagi barmoqlar izi skanerini oddiy purkovchi printer (struyniy printer) yordamida aldashga muvaffaq bo‘lishdi. Ular silliq qog‘ozda AgIC kompaniyasining maxsus bo‘yoqlari bilan barmoqlar izini bosib chiqarib, uning yordamida Samsung Galaxy S6 va Huawei Honor 7 kabi smartfonlar himoyasini bemalol chetlab o‘ta olishdi.

Qog‘ozdagi barmoq izi uning aslidagi o‘lchamiga aniq mos kelishi kerak va skanerga nisbatan oddiy barmoqdek joylashishi kerak. Bundan tashqari, barmoqni bir dyuymga 200 nuqta zichligida chop etish kerak. Yuqoridagi shartlarga amal qilinganda smartfon videoda ko‘rsatilgandek bir urinishda bir zumdayoq blokdan chiqadi.