Sport | 09:22 / 20.03.2016
1918
1 daqiqa o‘qiladi

“Roma” Italiya chempionatidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 9 o‘yinga yetkazdi

Italiya chempionatining 30-turi doirasida Rimning “Roma” klubi o‘z maydonida Milanning “Inter” klubi bilan 1:1 hisobida durang natija qayd qildi.

Rimliklar safida golni 84-daqiqada Raja Naynggolan, mehmonlar safida esa 53-daqiqada Ivan Perishich kiritdi.

“Roma” shu kamtarona natijasi tufayli chempionatdagi mag‘lubiyatsiz davom etayotgan seriyasini 9 o‘yinga yetkazdi va musobaqa jadvalidagi 3-o‘rinni saqlab qoldi. Rimliklar hisobida 30 ta o‘yindan keyin 60 ochko bor. “Inter” esa 55 ochko to‘plab, 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

Keyingi turda “Roma” 3 aprelda mehmonda “Latsio” bilan, “Inter” esa o‘z maydonida “Torino” bilan uchrashadi.