Sport | 23:10 / 20.03.2016
1743
2 daqiqa o‘qiladi

APL, 31-tur: “Manchester Siti” Manchester derbisida “MYu”ga yutqazdi, “Tottenxem” g‘alabaga erishdi

20 martda Angliya Premer-ligasining 31-turida “Manchester Siti” o‘z maydonida Manchester derbisida “Manchester Yunayted”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

Uchrashuvdagi yagona to‘pni 16-daqiqada 18 yoshli Markus Rashford kiritdi.

“Shaharliklar” bosh murabbiysi 26-daqiqada Rahim Sterlingni jarohat olgani tufayli almashtirishga majbur bo‘ldi. Shuningdek, jamoa darvozaboni Jo Xart ham 50-daqiqada maydonni zambilda tark etdi. Uning o‘rniga Villi Kabalero tushirildi.

“Siti” 51 ochko bilan 4-o‘rinda ketmoqda, “MYu” esa 50 ochko bilan 6-o‘rinni egallamoqda.

Angliya Premer-ligasi, 31-tur
“Manchester Siti” – “Manchester Yunayted” – 0:1
Gol: Rashford, 16.

Shuningdek, “Tottenxem” “Bornmut”ni o‘z maydonida 3:0 hisobida yutdi. Ikkita golni Garri Keyn 1- va 16-daqiqalarda, 3-golni Kristian Eriksen 52-daqiqada kiritdi.

“Tottenxem” 61 ball to‘plagan holda 1-o‘rinda borayotgan “Lester” (66 ochko) bilan farqni 5 ochkogacha qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Tottenxem Xotspur – Bornmut – 3:0
Gollar: Keyn, 1 (1:0); Keyn, 16 (2:0); Eriksen, 52 (3:0).