Jahon | 18:44 / 25.04.2016
2170
1 daqiqa o‘qiladi

Obama va Merkel virtual reallik shlemini sinab ko‘rdi

24 aprelda AQSh prezidenti Barak Obama Germaniyaning Hannover shahriga Germaniya kansleri Angela Merkel bilan dunyodagi eng yirik texnologiya va sanoat investitsiyalari yarmarkasini ochish uchun keldi.

Tadbirlardan birida ikki davlat yetakchisi virtual reallik shlemini kiyib ko‘rishdi. Obama va Merkel qurilmadan navbati bilan foydalanayotganlari aks etgan suratlar internetda ommalashgan.

Obama Hannoverda Merkel va germaniyalik ishbilarmon doiralar bilan Yevropa va AQShni birlashtiruvchi Transatlantik erkin savdo hududini (TTIP) yaratishning afzalliklarini muhokama qilishni rejalashtirgandi.

Germaniyaning aksariyat aholisi Yevropa bozorini AQShning arzon va sifatsiz mahsuloti bosib ketishidan xavotirlanib, erkin savdo hududi yaratilishiga qarshi chiqmoqda.