«Sochnaya dolina»: Toshkentni birgalikda ko‘kalamzorlashtiramiz
«Sochnaya dolina» savdo belgisi shahar ekologiyasiga befarq bo‘lmagan barchani o‘zi tomonidan uyushtirilgan shaharni ko‘kalamzorlashtirish tadbirlarida ishtirok etishga chaqiradi.
23 aprel kuni Toshkent shahri hududidagi Hayvonot bog‘ida «Sochnaya dolina» savdo belgisi tashabbusi bilan 200dan ortiq daraxt ko‘chatlari (gilos, olma va chinor ko‘chatlari) hamda gullar o‘tqazildi. Bu tashabbus Hayvonot bog‘i ma'muriyati tomonidan qo‘llab-quvvatlandi: xodimlar ko‘chatlarni o‘tqazish uchun o‘rinlar hozirlashdi. Aktsiyada ishtirok etgan va ko‘chatlar o‘tqazgan ko‘ngillilar esa hayvonot bog‘ini tekinga tomosha qilish imkoniga ega bo‘lishdi.
Ko‘ngillilar guruhi «Sochnaya dolina»ning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi o‘quvchilaridan tarkib topgan bo‘lib, ular orasida 7 yoshli bolalar ham 65 yoshli onaxon ham bor bo‘lib, barcha birgalikda yaxshi niyatlar bilan nihol o‘tqazishdi.
«Sochnaya dolina» 16 aprel kuni Abdulla Qodiriy nomidagi bog‘da ham ekologik aksiyasining birinchi qismini o‘tkazgan, bu bog‘da ham 200 tup ko‘chat ekilgandi.
Ushbu savdo belgisi Toshkent shahrining boshqa hududlarida shunday tadbirlarni davom ettirishi ko‘zda tutilgan. Bu boradagi yangiliklarni «Sochnaya dolina»ning sahifasida kuzatib borish mumkin.
Reklama huquqlari asosida.