Jamiyat | 13:17 / 28.04.2016
12656
2 daqiqa o‘qiladi

Bola bilan xorijga chiqishdan avval otasining roziligini olish tartiblari

Agar O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining biometrik pasportini va 16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning harakatlanish hujjatini berish tartibi to‘g‘risida Nizomga (Vmning 7.07.2011 yildagi 200-son Qaroriga 1-ilova) muvofiq, farzandning pasporti va chet elga chiqishi uchun ruxsat berish yozuvi rasmiylashtirilgan bo‘lsa, chegarani kesib o‘tayotganinda muammo yuzaga kelmasligi kerak.

Shuni qayd etish zarurki, nizomning 29-bandiga muvofiq bola ota-onasidan biri bilan xorijga vaqtincha chiqishida ikkinchi tarafning (ota yoki onaning) roziligi talab etilmaydi. Biroq amalda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi Qonunni (14.05.2014 yildagi O‘RQ-371-son) ijro etish maqsadida chet elga chiqib ketayotgan ona bolani olib ketishiga otasining roziligini talab etishlari mumkin. Shu munosabat bilan tushunmovchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida otaning roziligini olgan ma'qul. Uni yashash joyidagi davlat notarial idorasida rasmiylashtirish mumkin.