Light | 01:20 / 30.04.2016
18731
6 daqiqa o‘qiladi

Onasiz qolgan bani odam

Ona bolasiga yaxshilik ilinadi...

Ona bolasini yomonliklardan qaytaradi...

Ona bolasini yomonliklardan himoya qiladi va...

Va, eng asosiysi, faqat ugina bolasi uchun achinadi.

Bugungi insoniyat onasiz qoldimi? Nega unga mehr yetishmayapti, nega u yomonliklardan qaytmayapti? Nega unga achinishmayapti?..

Inson bolasi dunyoga kelgach, o‘zi uchun atalgan mehr va mehrsizlikni, albatta, topadi. 

Inson bolasi ulg‘aygach, o‘ziga atalgan yaxshilik va yomonlikni, albatta, topadi.

Inson bolasi dunyodan o‘tgach, o‘ziga atalgan azob va rohatni, albatta, topadi.

Inson bolasi qayta tirilgach, o‘ziga atalgan jannat va do‘zaxni, albatta, topadi.

Ammo inson bolasi o‘z-o‘zini kamdan-kam hollarda topadi. O‘z-o‘zini topish baxt va baxtsizlik, oq va qora, shodlik va g‘am, kulgu va yig‘i haqiqatini tushunib yetishga olib boradi. Bir so‘z bilan aytganda, u bu holatlardan yuksaladi va tafakkur etishdek ne'matga sazovor bo‘ladi.

Dunyoda bo‘layotgan ishlarni ko‘z o‘ngimizga keltirib, ular haqida ozroq tafakkur yuritsak, kelayotgan omadimizdan quvonib, haddimizdan oshib ham ketmaymiz, chekayotgan g‘amlarimizdan ezilib, dod-voy ham solmaymiz.

Yaratgan borliqdagi barcha narsani INSON tafakkur yuritsin deb sodir etadi!

1. Gretsiya. Lesbosning qayeridadir. Turk qayiqdagi qochqinlarni orolda joylashgan Skala qishlog‘ida tushirmoqda. (The New York Times / Sergey Ponomarev — 16 noyabr 2015 y.)

2. So‘nggi chora. Umidsiz qolgan qochqinlar vagon derazasidan ichkariga kirishga urinmoqda. Poyezd Zagrebdan Serbiya chegarasi tomon yo‘l olgan edi. (The New York Times / Sergey Ponomarev — 18 sentabr 2015 y.)

3. Hordiq damlari. Ahmad Majid (o‘rtadagi moviy futbolkada) yurib ketayotgan avtobus salonida o‘z farzandlari bilan uxlab yotibdi. Uning o‘ng tomonida yashil sviterda uning akasi yotibdi. Umuman olganda avtobus salonida uning o‘nlab qarindoshi  va do‘stlari bor. Surat Budapeshtdan Venaga yo‘l olgan avtobus salonida tushirilgan. (The New York Times / Maurisio Lima — 5 sentabr 2015 y.)

4. Ro‘yxatdan o‘tish yo‘li. Slovyan politsiyasi kuzatuvida ketayotgan muhojirlar jamoasi Dobova shahriga joylashish uchun ro‘yxatdan o‘tgani ketishyapti. (The New York Times / Sergey Ponomarev — 22 oktabr 2015 y.)

5. Eng qadrli odamni qutqarish. Serbiyaning Xorgos chegarasida qochqinlar va politsiya o‘rtasida to‘qnashuv bo‘lib o‘tdi. Unda politsiya tayoqlar va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazlarni ishga soldi. Suratdagi erkak ana shu vahshiyliklardan o‘z bolasini himoya qilmoqda. (The New York Times / Sergey Ponomarev — 16 sentabr 2015 y.)

6. Omonlik qirg‘og‘i. Turkiyadan kelgan qochqinlar bo‘ron ko‘tarilgan vaqtda Lesbos oroliga yetib kelishdi. Ularning ayrimlari mustaqil ravishda qirg‘oqqa yetib kelishlari uchun o‘zlarini suvga otishdi. (The New York Times / Tayler Xiks — 1 oktabr 2015 y.)

7. Yetib keldik! Iroqlik Lait Madjid o‘g‘li va qizi bilan rezinli qayiqda Gretsiyaning Kos oroliga yetib kelganiga ishona olmay, yig‘layapti. (The New York Times / Deniyel Etter — 15 avgust 2015 y.)

8. Shafaq. Havo to‘ldirilgan qayiq Turkiya va Gretsiya o‘rtasida Egey dengizi bo‘ylab suzib bormoqda. Uning motori ishdan chiqqan. U suriyalik qochqinlarni o‘z bag‘riga olgan. (Thomson Reuters / Yannis Bexrakis — 11 avgust 2015 y.)

9. Jigarbandlarini qutqarish. Qochqin qayiqdan tushib ketmasliklar uchun ikki farzandini mahkam quchoqlab olgan. Surat Lesbos oroli yaqinida tasvirga tushirilgan. (Thomson Reuters / Yannis Bexrakis — 24 sentabr 2015 y.)

10. Tikanli simlar osha. Suriyalik qochqinlar Serbiya va Vengriya chegarasidagi tikanli simlar ostidan o‘tishga harakat qilishmoqda. (Thomson Reuters / Bernadett Sabo — 27 avgust 2015 y.)

11. Har qanday chorani qo‘llash. Vagonga deraza orqali kirmoqchi bo‘lgan qochqinni politsiya xodimi to‘xtatishga urinmoqda. Makedoniyaning Gretsiyadagi Gevgiliya vokzali. (Thomson Reuters / Stoyan Nenov — 15 avgust 2015 y.)

12. Norozilik. Vengriya politsiyasi Bichke shahridagi temir yo‘l vokzalida o‘zini vagonlar relsi ostiga tashlagan oilani qurshab olishdi. (Thomson Reuters / Laslo Balog — 3 sentabr 2015 y.)

13. Baxt sari yo‘l. Suriyalik momaqaldiroq vaqtida o‘z qizini bag‘riga olgancha, uni o‘pib qo‘ymoqda. Surat Gretsiya va Makedoniya chegarasida joylashgan Idomeni shahrida tushirilgan. (Thomson Reuters / Yannis Bexrakis — 10 sentabr 2015 y.)

P.S: Yuqoridagi suratlar Pulittser mukofotini qo‘lga kiritgan. Ular ta'sirli, g‘amli... Shular haqida biroz tafakkur va tadabbur qilaylik. O‘z-o‘zimizni topaylik!

Sarvar Anvar o‘g‘li tayyorladi

Manba: xabardor.uz