Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ravon Matiz» Ukrainada eng arzon avtomobil maqomini yo‘qotdi
Ukraina bozorida taqdim etilgan arzon avtomobillar reytingida o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu haqda Avtoblog.ua saytida yozilgan.
Uzoq vaqt davomida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan, minimal narxi 5800 dollar bo‘lgan «Ravon Matiz» modeli Ukrainada eng arzon model sifatida ko‘rib kelinardi.
Endilikda, mamlakat avtobozori tahlili natijalaridan keyin reytingda Eronning «Saipa Tiba» markasi yetakchilik qilmoqda. Bu model Ukrainaning «Bogdan» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladi.
Eronliklar markasi narxi «Ravon Matiz» modeli narxidan 360 dollarga arzonroq sotilmoqda. Farq unchalik katta bo‘lmasa-da, «Saipa Tiba» Ukrainadagi eng arzon avtomobilga aylandi.
Shuningdek, eng arzon avtomobillar reytingida Rossiya mahsulotlari ham o‘z o‘rnini yo‘qotgan. «Lada Granta»ning narxi taxminan 1000 dollarga qimmatlashgan, «Lada Kalina» esa Top-10 reytingiga kirmagan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025