Sport | 18:24 / 03.05.2016
3254
2 daqiqa o‘qiladi

FIFA prezidenti «Lester» yaratgan tarixni ertakka qiyosladi

«Lester» klubining 2015/16 yilgi mavsumdagi g‘alabasini FIFA prezidenti Janni Infantino ertakka qiyosladi.

«Lester» yaratgan tarix – bu ertak. Faqat futboldagina bunday chiroyli tarix yaratilishi mumkin. Bu jihat moliyaviy Fair play talablarining qanchalik to‘g‘riligi yoki aksinchaligini isbotlaydimi yo‘qmi bilmayman. «Lester» ingliz futbolida yetakchi deya ta'rif beriladigan jamoalarga nisbatan byudjyeti ancha kam jamoa hisoblanadi», - deya gapirib o‘tgan Infantino.

APL tugashiga ikki tur qolganida chempionlik masalasini hal qilgan «Lester» Angliyada bu ishni uddalagan 24 ingliz jamoasiga aylandi.

O‘tgan mavsumda Nayjyel Pirson boshqaruvidagi jamoa ligada jon saqlab qolish uchun kurashgandi. Undan oldingi mavsumni esa «Lester» chempionshipda o‘tkazgandi. Jamoaning ligadagi eng yaxshi natijasi 1928-29 yilgi mavsumda ikkinchi o‘rinni olish bo‘lgandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid