Jamiyat | 16:56 / 26.05.2016
8829
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik 6 oylik qizcha suzish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

Amerikalik 6 oylik Zayla Sent-Onj ismli qizcha suzish bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. Bu haqda Sky News nashri xabar bermoqda. 

AQShda yashab istiqomat qiluvchi bu qizaloq Florida ko‘lidagi  209 m.lik masofani mustaqil ravishda suzib o‘tishga muvafaq bo‘lgan. 

Shunday qilib, Sent-Onj dunyodagi eng yosh suzuvchiga aylandi. Sent-Onjning bo‘yi — 76,2 sm bo‘lib, hali mustaqil yura olmaydi.

Shunga qaramay, qizcha suvda tabiiy ravishda harakat qilgan. Bunga esa ota-onasining professonal suzuvchi ekanligi asqotgan. 

Avvalgi rekordni  suvda suzgan 6 oy, 29 kunlik Parks Bonifay ismli bolakay qo‘lga kiritgan.

Kunning eng asosiy va qiziq xabarlaridan tezkor ravishda xabardor bo‘lish uchun «Kun.uz»ning Telegram’dagi kanaliga a'zo bo‘ling.