Light | 17:37 / 28.05.2016
29580
2 daqiqa o‘qiladi

Miyani rivojlantirishning 5 samarali usuli

Har qanday ishda yuqori natijalarga erishishni istaysizmi? U holda buning uchun qulay sharoit yaratish haqida ham o‘ylang.

Masalan, oshirma xamirni yomon kayfiyatda, jahl bilan qilsangiz-da, tinishi uchun yelvizakli joyga qo‘ydingiz deylik. Xamiringiz yaxshi chiqarmikan?! Miya faoliyatida ham xuddi shunday. Uning yaxshi ishlashini xohlasangiz, buning uchun shunga yarasha sharoit yarating!

Miyani rivojlantirishga harakat qilish tahsinga sazovor, albatta, biroq quyidagilarsiz aqliy salohiyatni yaxshilashning deyarli iloji yo‘q:

To‘g‘ri ovqatlanish

Sizning taomnomangizda miya uchun muhim manba hisoblanadigan mahsulotlar joy olishi shart: yong‘oq, baliq, sut-qatiq mahsulotlari, yog‘siz go‘sht, ko‘katlar, meva, sabzavotlar, don mahsulotlari, qora shokolad.

Sport mashqlari

Aqliy salohiyatga sportning nima aloqasi bor dersiz?
Aynan jismoniy mashqlar hujayralarni kislorod bilan to‘yintirish, ishchanlikni oshirish, ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga yordam beradi.

Zararli odatlarni tashlash

Tamaki va spirtli ichimliklar, shuningdek giyohvand moddalar miya hujayralarini shiddat bilan yakson qiladi.
Siz chekasizmi? Spirtli ichimliklarni xush ko‘rasizmi? U holda o‘zingizni o‘zingiz halokat yoqasiga yetaklaysiz.

Uyqu va hordiq

Ha, o‘sha 8 soatli uyqu organizmimiz butunlay qayta tiklanishi uchun zarur. 
Shu bois imkon qadar kun tartibingizni buzmay o‘z vaqtida uxlashga odatlaning.

Toza havo

Yetarlicha kislorod olish uchun har kuni ko‘chada sayr qiling yoki juda bo‘lmaganda xonani shamollatishga erinmang.