Jamiyat | 14:19 / 31.05.2016
5191
1 daqiqa o‘qiladi

Amerikalik olimlar tafakkurni so‘zlar yordamida tarjima qiluvchi mashina ixtiro qilishdi

Amerikaning Berkli universiteti olimlari inson fikrini so‘zlar yordamida tarjima qiluvchi mashina ixtiro qilishdi. Daily Mail nashrining xabar berishicha, mazkur texnologiya bosh miyaning faolligi tahlillariga asoslanadi.

Tadqiqotchilar nutq jarayonidagi inson miyasi faolligini so‘z ishlatish va uni idrok etish jarayoni bilan taqqoslashdi. Loyiha uzoq yillar mobaynida ishlab chiqildi va oradan uzoq yillar o‘tgach, mashina inson tafakkurini so‘zlar yordamida yoritadigan bo‘ldi.

Tadqiqotchilarning fikricha, texnologiya nutq qila olmaydigan yoki gapirishida kamchilik bo‘lgan insonlarga katta yordam beradi.