Light | 13:59 / 05.06.2016
9003
2 daqiqa o‘qiladi

Emirates aviakompaniyasining futbol klublari sharafiga qurilgan maxsus samolyotlari parvozga chiqdi

Emirates aviakompaniyasining 6ta futbol klubi sharafiga ishlab chiqilgan maxsus samolyotlari parvozni amalga oshirdi.

Samolyotlar bir vaqtning o‘zida oldinma-ketin uchirildi. 

Aviakompaniya bu bilan yakunlanayotgan mavsum arafasida hamkor futbol jamoalarini hamisha qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi. 

Klublarning ramzi aks ettirilgan samolyotlar Emirates aviakompaniyasining futbol bilan mustahkam hamkorlik aloqalarini nishonlash maqsadida ishlab chiqildi. Bu hamkorlik dunyo bo‘ylab oltita mashhur klubning 1,5 milliarddan ortiq ishqibozlarini qamrab olgan.

Parvozga tayyorlangan A380s va Boeing 777s samolyotlarida "Arsenal", "Real", PSJ, HSV, "Benfika" va "Milan" jamoalarining gerbi va yetakchi futbolchilarining suratlarini ko‘rish mumkin.

                                                                                                 

Ular orasida "Arsenal" jamoasiga bag‘ishlab bir emas, ikkita samolyot parvoz qildi. 2015 yilda yo‘lga qo‘yilgan bu belgilar hozirgi kunga kelib 1,800ta (12 000 soatli) parvozni amalga oshirgan. Futbol muxlislari uchun sevimli jamoalarga tegishli buyumlar bilan jihozlangan samolyot ichida 150dan ortiq yo‘nalishlarga sayohat qilish imkoniyati berilgan.