Light | 17:38 / 11.06.2016
15950
3 daqiqa o‘qiladi

Yerning Xalqaro kosmik stansiyasidan olingan ajoyib suratlari

Xalqaro kosmik stansiyasi (XKS) 4,1 milliard kilometrdan ortiq masofani bosib o‘tib, 17 yil orbitada bo‘ldi.

Xalqaro ekspeditsiya tarkibidagi astronavtlar deyarli har kuni Yerga sayyoramizning eng so‘nggi rusumdagi raqamli fotokameralarda olingan suratlarini yuborishadi.

Kadrlarda ajabtovur shakldagi bulutlar, g‘aroyib chaqmoq shousi, rang-barang qutb nurlari, quyosh botishlari va tungi manzaralar aks etadi. 

17 yil avval fazoga ko‘tarilgan xalqaro kosmik stansiyasi Yer atrofida 100 martadan ortiq aylanib chiqishga ulgurdi. Yerdan 400 kilometr balandlikda harakatlanuvchi XKS bortidan 3 milliondan ortiq suratlar tushirilgan. 

XKS ekipaji a'zolarini baxti kulgan insonlar deyish mumkin, axir ular mana shunday ajoyib manzaralarni ko‘rishga muvaffaq bo‘lishgan.

Mana bu suratda AQShning sharqiy sohilidagi eng yirik Nyu-York aglomeratsiyasi aks etgan. 

Yashin chaqmoqlari Yerda gumburlayotgan momaqaldiroqni yoritmoqda, uzoqdan esa Somon yo‘li ko‘rinib turibdi.

Markaziy Jazoirdagi sahrodan atrofdagi landshaftga qum uyumlarining xaotik ko‘tarilishi.

Himolay tog‘larining qorli cho‘qqilari tasviri 2016 yilning may oyida suratga tushirilgan. 

Arkanzasdagi momaqaldiroq samodan juda ta'sirli ko‘rinadi. 

Orbitada bir yilini o‘tkazgan astronavt Skott Kelli bu ajoyib suratni 1 martning tongida muhrlagan. 

Bu tonggi fotosurat britaniyalik astronavt Tim Pik tomonidan olingan.

Somon yo‘li galaktikasi yulduzlarini Yerning mana shunday vizual ingichka atmosferasidan ko‘rish mumkin. 

Suratda birinchi qatorda (chapdan o‘ngga) britaniyalik Timoti Pik, amerikalik Timoti Kopra va rossiyalik Yuriy Malanchenko. Orqa planda rossiyalik Oleg Skripochka, Aleksey Ovchinin va amerikalik Jyeffri Uilyams. 

XKS ekipaji komandiri amerikalik Tim Kopra tungi Chikagoni suratga oldi, unda bu shaharga xos bo‘lgan to‘rsimon ko‘chalar tuzilishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. 

Quyosh nuri ma'lum bir burchakka tushganida XKS ekipaji a'zolari g‘aroyib manzaralarning guvohi bo‘lishadi, masalan, 2016 yilning 3 aprelida mayor Pik tomonidan muhrlangan mana bu to‘p-to‘p bulutlar.

Brandberg tog‘i, Namibiya. 

Tungi Italiya.

Bu abstraksionist chizgan surat emas, bu Janubi-g‘arbiy Afrikaning Namib sahrosidagi qumliklari.

Saudiya Arabistonidagi irrigatsiya uskunalari mana shunday chiroyli geometrik dizaynga ega. 

Lago-Arxentino ko‘liga tushuvchi muzlik daryosi (Patagoniya, Argentina).

Avstraliyaning shimoli-sharqiy sohilidagi qirg‘oq liniyasi.

G‘aroyib shakldagi ajoyib bulutlar.