Jahon | 20:29 / 18.06.2016
8465
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonlik chegarachilar Afg‘onistondan chegaraning buzib o‘tilishiga urinishlarning oldini olishdi

Tojikistonlik chegarachilar Afg‘onistondan chegaraning qurolli buzib o‘tishga urinishlarning oldini olishdi. Ular ikki nafar qoidabuzarni yaralab, ulardan 54 kg dan ko‘proq giyohvand modda musodara qilishdi. Bu haqda Tojikiston chegara qo‘shinlari matbuot xizmati boshlig‘i Muhammad Ulug‘xo‘jayev RIA “Novosti” axborot agentligiga ma'lum qildi

"18 iyunga o‘tar kechasi har birida 4 nafardan odam bo‘lgan qurollangan narkokontrabandachilar guruhlari Panj va Sho‘roobod chegara otryadlari chiziqlarida davlat chegarasini deyarli bir vaqtda o‘tayotganda chegara naryadlari bilan to‘qnash kelgan va to‘xtash talabiga bo‘ysunmagan, oqibatda otishma boshlangan", deb ma'lum qildi Ulug‘xo‘jayev.

Jangovor to‘qnashuvlar oqibatida chegaraning har bir qismida bittadan qoidabuzar yaralangan, qolgan kontrabandachilar qarshilik ko‘rsata olmay, qorong‘udan foydalanib, Afg‘onistonda yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.    

Voqea joyi ko‘zdan kechirilganda 14 kg dan ko‘proq gashish, 40 kg nasha, ikkita AKS 74 avtomati o‘qdonlari bilan va 50 dan ortiq patron aniqlangan.