Light | 18:40 / 25.06.2016
45437
10 daqiqa o‘qiladi

Dunyoning eng kelajagi porloq 25 shahri

2050 yilga borib, dunyo aholisining uchdan ikki qismi shaharlarda yashaydigan bo‘lishadi, bugungi kunda sayyoramiz aholisining yarmi shaharlarda yashaydi. Bunday demografik siljish shahar hayotini yaxshilash masalasida alohida ahamiyat kasb etadi. Ushbu murakkab jarayon infratuzilma rivoji, texnologik innovatsiyalar, ijtimoiy siyosat, atrof-muhit muhofazasi va boshqa ilg‘or choralar ko‘rishni o‘z ichiga oladi. Global biznes-konsultatsiyaga asoslangan «AT Kearney» kompaniyasi dunyoning 125 shahrini o‘rganib chiqdi. Shaharlar istiqboli to‘rt mezonga ko‘ra baholandi: shaxsiy farovonlik, iqtisodiyot, innovatsiyalar va boshqaruv. Shunday qilib, dunyoning eng kelajagi porloq shaharlari bilan tanishing!

25. Vankuver, Kanada

Tadbirkorlikning rivojlanishi Vankuverga eng istiqbolli shaharlar ro‘yxatida 27-o‘rindan 25-o‘ringa ko‘tarilishga yordam berdi. 5 iyun kuni Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo shahar tranzit infratuzilmasiga 900 million dollar investitsiya qilish bitimi imzolanishi haqida ma'lum qildi, bu kelajakda uning bahosini yanada ko‘tarishi mumkin. 

24. Kopengagen, Daniya

«AT Kearney» o‘z ma'ruzasida 14ta shaharni "aqlli" deb atadi, zero ularning taraqqiyot strategiyasi texnologiyalarga asoslangan. Kopengagen ana shular shumlasidandir.  "Aqlli" shaharlar orasida Barselona, Bryussel, London, Parij va Vena shaharlari ham qayd etilgan. 

23. Taybey, Tayvan

Hozirgi paytda u joriy unumdorlik indeksida 43-o‘rinni egallasa-da, ekologik faoliyat, tadbirkorlik va jon boshiga patentlar ko‘rsatkichlaridagi ijobiy o‘zgarishlar Taybeyga kelajakning eng yaxshi 25 shahri qatoriga kirishga imkon yaratdi. 

22. Bryussel, Belgiya

Joriy yilda Belgiya hukumati ilk marotaba o‘z faoliyatida to‘liq oshkoralik siyosatini yo‘lga qo‘ydi. Ro‘yxatdagi boshqa shaharlarga nisbatan Bryusselda siyosiy anjumanlar ko‘proq o‘tkazildi. Bu muddat ichida uning infratuzilmasi va ekologik ko‘rsatkichlari sezilarli darajada yaxshilandi. 

21. Los-Anjyeles, AQSh

So‘nggi yillarda dunyoning ko‘plab shaharlarida ekologik ko‘rsatkichlar yomonlashdi, biroq Los-Anjyelesda bu borada faqat ijobiy o‘zgarishlar yuz berdi. Boshqa tomondan, shaharning barqarorlik va xavfsizlik darajasi muntazam kamayib bormoqda, bunga sabab - zo‘ravon guruhlarning ilg‘or faoliyati. 

20. Dallas, AQSh

O‘tgan yili mazkur shahar bu ro‘yxatga kiritilmagan edi, biroq uning innovatsiya sohasidagi salohiyatining o‘sishi bu yil uning istiqbolini oshirdi. Google ham uning salohiyatini qayd etdi: 14 iyunda kompaniya shahar hokimiyati bilan hamkorligi hamda yuqori tezlikka ega optik tolali aloqa o‘rnatish masalasini ko‘rib chiqishi haqida e'lon qildi.

19. Tokio, Yaponiya

Tokio joriy unumdorlik indeksida to‘rtinchi o‘rinni egallaydi, uning aholisi esa hozirgi paytda eng ilg‘or baholarni qo‘lga kiritmoqda. Biroq 15 iyunda Yaponiya poytaxti gubernatori talon-taroj bilan bog‘liq mojaro tufayli iste'foga chiqish uchun ariza yozdi. Yoiti Masudzoe – so‘nggi bir necha yil ichida Tokiodagi shahar boshqaruvida moliyaviy janjal bois o‘z mavqeini tark etgan ikkinchi rahbar hisoblanadi. 

18. Toronto, Kanada

O‘tgan yil davomida Toronto shu darajada gullab-yashnadiki, ko‘plab ekspertlar uni yangi texnologik markaz deb atay boshlashdi. Shuningdek shahar ekologik siyosat yetakchisi sifatida ham qayd etiladi. 2010 yilda qabul qilingan qonunga muvofiq, turar joylardan tashqari har bir qurilgan yangi bino tomida yashil bog‘ barpo etilishi kerak. 

17. Singapur

Singapur Osiyo shaharlari "Global elita"siga kiruvchi ikkita shahardan biri bo‘lsa-da, uning ekologik ko‘rsatkichlari oxirgi yil ichida yomonlashdi. Bu uning 14-o‘rindan 17-o‘ringa tushishiga sabab bo‘ldi. Biroq hozirgi paytda, «AT Kearney» hisob-kitobiga ko‘ra, Singapur internet mavjudligi bo‘yicha dunyo yetakchisi hisoblanadi.

16. Jyeneva, Shveytsariya

Jyeneva shahar boshqaruvi turkumida Shveytsariyaning yana bir shahri - Tsyurix bilan bir qatorda yetakchilik qiladi. Ikkala shahar aholisi ham keng diapazonli chastotalarga asoslangan yuqori imkoniyatli uzatish usulidan foydalanishadi, shuningdek televizion yangiliklarga eng qulay chiquvchi imkoniyatlarga ega, bu esa shaharni umumiy baholashda ijobiy ahamiyat kasb etdi. 

15. Melburn, Avstraliya

Bu yil Melburn to‘rtta kategoriyadan birida, aniqroq aytadigan bo‘lsak - shaxsiy farovonlik bo‘yicha yetakchilik qilmoqda. Melburnda sayyoraning boshqa shaharlariga nisbatan infratuzilma, jon boshiga YaIM, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya yaxshi tomonga tezroq o‘zgarmoqda. 

 14. Berlin, Germaniya

Amsterdam, London va Parij bilan bir qatorda Berlin shahri Yevropaning "Global elita"si tarkibiga kiradi. Berlin o‘zining muvaffaqiyatli ekologik siyosati bilan mashhur, biroq o‘tgan yil ichida uning bu boradagi ko‘rsatkichi biroz yomonlashdi. Hukumat issiqxona gazlari chiqindilarini 80-95 foizga qisqartirishni rejalashtirmoqda. Shu bois u barqaror rivojlanuvchi dunyo yetakchilaridan biri bo‘lib qolaveradi.

13. Parij, Fransiya

Parij - ma'lumot almashinuvi turkumida dunyo yetakchisi, u fikrni erkin ifodalash, axborot agentliklari soni va Internetdagi faoliyatni o‘z ichiga  oladi. Parij joriy faoliyat hisoboti indeksi bo‘yicha 3-o‘rinni egallaydi, shuningdek u tadbirkorlik va to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiya sohalaridagi ijobiy o‘zgarishlar sababli kelajakdagi eng porloq shaharlar ro‘yxatida 19-o‘rindan 13-o‘ringa ko‘tarildi. 

12. Sidney, Avstraliya

Barcha tadqiq qilingan shaharlar orasidan Sidney oxirgi besh yil ichida ekologik ko‘rsatkichlarni yaxshilash bo‘yicha eng yuqori suratlarni ko‘rsatdi. Bu borada unga faqat Melburn shahrigina teng kelishi mumkin. Bunday harakatlar shaharni ekologiya sohasidagi dunyo yetakchisiga aylantirdi. 

11. Chikago, AQSh

So‘nggi yillar ichida Chikagodagi xususiy investitsiyalar va tadbirkorlik shu qadar yaxshi yo‘lga qo‘yildiki, bu shaharga eng istiqbolli shaharlar reytingining 17-o‘rnidan 11-o‘rniga ko‘tarilishiga yordam berdi. Boston, San-Frantsisko va Nyu-York bilan bir qatorda Chikago Amerikaning "Global elita" shaharlari tarkibidan joy oldi. 

10. Tsyurix, Shveytsariya

Hisobotga ko‘ra, Tsyurix shahar boshqaruvi turkumida ishonch bilan yetakchilik sari qadam tashlamoqda. Mahalliy qonunlar biznes va investitsiyalar rivojiga qulay sharoit yaratmoqda, hukumat oshkoralik siyosatini qo‘llamoqda, shaharning byurokratik organlari esa boshqa shaharlarga qaraganda yaxshi faoliyat ko‘rsatmoqda. 

9. Myunxen, Germaniya

Myunxen shahri Xyuston (AQSh) va Shenchjenem (Xitoy) bilan bir qatorda jon boshiga eng ko‘p patent soniga ega bo‘lgan shahar hisoblanadi, ammo ekologik muhitning yomonlashuvi bois u  istiqbolli shaharlar reytingida 7-o‘rindan 9-o‘ringa pasaydi. 

8.  Amsterdam, Niderlandiya

Hisobotga ko‘ra, sayyoramizdagi 15ta shahar "Global elita" sifatida e'tirof etildi, buning boisi - ular eng muvaffaqiyatli 25 shahar va eng istiqbolli 25 shahar ro‘yxatida qayd etilgan. Amsterdam - ana shunday shaharlardan biri. Xususiy tadbirkorlikning rivojlanishi hamda xorijiy investitsiyalar shaharga yuqori o‘rinlarni zabt etish imkonini beradi va porloq kelajakni kafolatlaydi. 

7. Stokgolm, Shvetsiya

Shvetsiya poytaxti baholashning to‘rt mezoni bo‘yicha o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshiladi. Bundan tashqari, aynan Stokgolm hozirgi vaqtda erkin  fikr bildirish bo‘yicha dunyoda yetakchilik qiladi. 

6. Atlanta, AQSh

Atlantada uch yo‘nalish bo‘yicha ijobiy siljishlar ro‘y berdi: jon boshiga patentlar soni, xususiy investitsiyalar va yosh olimlar uchun homiylik dasturlari ko‘paydi. Bularning barchasi shaharning o‘tgan yilga nisbatan 10 pog‘onaga ko‘tarilishiga imkon yaratdi. 

5. Xyuston, AQSh

Xyuston jon boshiga YaIM soni bo‘yicha yetakchilik qilmoqda, bu shaharning shaxsiy farovonligida hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi. Shuningdek o‘tgan yil ichida Xyustonda patent ilovalar soni ko‘payishi kuzatildi. 

4. London, Angliya

«AT Kearney»ning joriy ko‘rsatkichlarga doir hisobotida London 2008 yildan beri birinchi marta Nyu-Yorkdan o‘zib ketdi. Biroq bu yerdagi ekologik vaziyatning yomonlashuvi uni istiqbolli shaharlar reytingida Nyu-York va Bostondan keyingi o‘rinlarga munosib deb topdi. 

3. Boston, AQSh

Bostonda o‘tgan yil davomida tadbirkorlikning rivojlanishi qayd etilgan bo‘lsa-da, u istiqbolli shaharlar reytingida xuddi o‘tgan yildagi kabi 3-o‘rinni egalladi. Shunga qaramay, tadqiqotchilar shaharning to‘rt mezon bo‘yicha umumiy baholari biroz ko‘tarilganini qayd etishdi.  

2. Nyu-York, AQSh

2015 - 2016 yillarda Nyu-York istiqbolli shaharlar ro‘yxatida 4-o‘rindan 2-o‘ringa siljib,  2 pog‘onaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday natijaga shahar ichida biznes-faollikning o‘sishi tufayli erishildi. 

1. San-Frantsisko, AQSh

«AT Kearney» 6 yildan beri bunday reytingni taqdim etadi va har yili ro‘yxatning eng yuqori  pillapoyasida San-Frantsisko o‘zgarishsiz qoladi. Bu oxirgi yillarda shaharning eng haqiqiy innovatsiyalar markaziga aylangani bilan izohlanadi.