Ukraina sobiq bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk Vashingtonga yo‘l oldi
Ukraina respublikasi sobiq bosh vaziri Arseniy Yatsenyuk 27 iyundan 30 iyungacha, Vashingtonga safar qiladi, deb xabar qilinmoqda "Xalq fronti" partiyasi rasmiy saytida.
Qayd etilishicha, ushbu tashrif Oq uy ma'muriyati taklifiga binoan amalga oshiriladi. U, "Yatsenyuk hukumati davrida boshlangan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga bag‘ishlanadi". Bundan tashqari, xalqaro xavfsizlik hamda "Rossiya agressiyasiga qarshi jahon hamjamiyati o‘rnini mustahkamlash» borasida fikr almashiladi.
Yatsenyuk Vashingtonga safari doirasida AQSh savdo vaziri Penni Prittsker va moliya vaziri Jyeykob Lyu bilan uchrashadi. Shuningdek, senatorlar Richard Durbin, Robert Korker va Jon Makkeyn bilan muloqot o‘tkazadi.
28 iyunda esa, Yatsenyuk AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden bilan uchrashadi.
Mavzuga oid
10:18
Reuters: Bayden Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini tayyorlamoqda
09:31
The Economist Ukrainaning yo‘qotishlarini 60-100 ming kishiga baholadi
09:14
Volin qirg‘ini: Ukraina va Polsha eksgumatsiya haqida kelishib oldi
00:28