Qirg‘izistonda bir sutka ichida 18 ta zilzila qayd etildi
Qirg‘iziston janubida bir sutka mobaynida 18 ta yer osti silkinish holatlari kuzatilgan. Bu haqda mamlakat favqulodda holatlar boshqarmasi rahbari Muhammad Svarov ma'lum qilgan.
"Bir sutka mobaynida Qirg‘iziston hududida 18 ta yer osti silkinishi kuzatildi", — degan u FVV tezkor yig‘ilishida. Silkinish kuchi epimarkazlarda 12 balli shkalada 3 balldan 6 ballgacha kuzatilgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar va vayron bo‘lish holatlari qayd etilmagan.
Seysmologik faollik sabab respublika FVV boshlig‘i Kubatbek Boronov vazirlikning viloyatlardagi boshqarmalariga xatarli vaziyatlarda fuqarolarni himoyalar va ularga yordam ko‘rsatishga tayyor turishlik haqida ko‘rsatma bergan.
26 iyun kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida 6,4 magnitudali zilzila bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
18:48 / 28.09.2024
Xitoydan Qirg‘iziston orqali o‘tadigan temir yo‘lning O‘zbekistondagi qismi qachon qurilishi ma’lum bo‘ldi
20:44 / 26.09.2024
Sadir Japarov Asqar Akayevning Qirg‘iziston prezidenti lavozimida qilgan uchta asosiy xatosini aytdi
09:55 / 25.09.2024
Saidikrom Niyozxo‘jayev O‘zbekistonning Qirg‘izistondagi elchisi etib tayinlandi
20:32 / 24.09.2024