Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
Mamlakatdagi noqonuniy migrantlar 2025 yil 10 iyungacha holatini qonuniylashtirishi kerak.

Foto: president.kg
Qirg‘izistonda migratsiya qonunchiligini buzgan xorijliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga 2025 yil 10 iyuniga qadar holatini qonuniylashtirish imkoniyati beriladi. Bu haqda prezident Sadir Japarov farmonida belgilab qo‘yilgan.
Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasiga migratsiya qoidalarini buzgan xorijliklarni qonuniylashtirish tartibini belgilovchi vaqtinchalik nizomni tasdiqlash topshirildi.
Farmonga ko‘ra, vizasi yoki yashash uchun ruxsatnomasi muddati tugagan yoki zarur hujjatlari yo‘q bo‘lgan, shuningdek, qonuniy bo‘lish muddati tugagandan keyin mamlakatni tark etmagan chet el fuqarolari yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ixtiyoriy tarzda holatini qonuniylashtirsa, ma’muriy javobgarlikdan qutulishi mumkin bo‘ladi.
Ichki ishlar vazirligi tomonidan bunday xorij fuqarolarini aniqlash yo‘lga qo‘yilib, vakolatli organlar ular o‘rtasida axborot-tushuntirish ishlarini tashkil etdi.
Qirg‘izistonda 2025 yilning 10 iyunidan boshlab migratsiya qonunchiligini buzganlarni aniqlash bo‘yicha «Nolegal» keng ko‘lamli operatsiya boshlanishi ma’lum qilingan edi, mamlakatda noqonuniy migrantlar soni besh mingga yaqin deb baholanmoqda.
Mavzuga oid

20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi

18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi

07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

17:55 / 23.05.2025