Jahon | 09:54 / 28.06.2016
30474
2 daqiqa o‘qiladi

Poroshenko Erdo‘g‘anning uzr so‘raganiga o‘z fikrini bildirdi

Ukraina va Turkiya davlat rahbarlari Petr Poroshenko hamda Rejyep Tayip Erdo‘g‘an telefon orqali muloqot o‘tkazib, ikki mamlakat hamkorligining keyingi istiqbollarini muhokama etishdi, deb xabar qilmoqda «Interfaks».

Bu haqda, Poroshenko Bryusselda ma'lum qilgan.

«Bundan avval, Turkiya prezidenti tashabbusi bilan muloqot o‘tkazdik, va biz, mavjud barcha loyihalarni saqlab qolishga hamda rivojlantirishga kelishib oldik», — degan Ukraina rahbari.

Turkiya prezidentining Rossiya rahbariyatidan urib tushirilgan Su-24 samolyoti uchun kechirim so‘ragani to‘g‘risidagi xabarga fikrini bildirar ekan, Poroshenkoning ta'kidlashicha, gap halok bo‘lgan uchuvchining oilasiga hamdardlik bildirishi borasida bo‘lgan va bu borada Turkiya prezidenti qarashini to‘g‘ri tushunsa bo‘ladi. 

27 iyun kuni rasmiy Kreml, Erdo‘g‘an Rossiyaning urib tushirilgan Su-24 samolyoti uchun kechirim so‘raganini bildirgan edi. 

Turkiya prezidenti vakilining so‘zlariga ko‘ra, Erdo‘g‘anning Rossiya prezidentiga yo‘llagan maktubida, Su-24ning halok bo‘lgan uchuvchisining oilasi «kechirishi»dan umid qilishini bildirgan edi. 

 

foto:Google image


 

Mavzuga oid