Fan-texnika | 08:26 / 29.06.2016
10565
2 daqiqa o‘qiladi

Samsung Galaxy Note 7‘ning ko‘rsatkichlari ma'lum bo‘ldi

Mobil qurilmalarning rasmiy namoyishidan ancha avval ular haqida bir necha marotaba ishonchli ma'lumotlar bergan, @evleaks tvitter-blogi muallifi Evan Blass Samsung’ning yangi chiqariladigan planshetofonining muhim ko‘rsatkichlarini oshkor qildi. Uning ma'lumotlariga ko‘ra, Galaxy Note 7 5,7 dyuymli Super AMOLED QHD-ekran va ko‘z rangdor pardasi skaneri bilan jihozlanadi.

Fablet ikkita: 12 Mpli asosiy va 5 Mpli old kamera bilan jihozlanadi. Ichki o‘rnatilgan xotira 64 Gb ni tashkil qiladi. Qurilma chang va namlikdan himoyani ko‘zda tutuvchi IP68 standarti bo‘yicha sertifikatlanadi. Qurilmaning korpusi qora, kumushrang va ko‘k rangda bo‘ladi.

Note 7 qurilmasi Samsung’ning Nyu-Yorkdagi Linkoln-markazda o‘tadigan keyingi yirik matbuot-anjumani Samsung Unpacked 2016’da namoyish qilinishi kutilmoqda. Tasdiqlanmagan axborotga ko‘ra, anjuman 2 avgustda bo‘lib o‘tadi.

Avvalroq berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 7-avloddagi Note Snapdragon 823 protsessori yoki uning muqobili Exynos, USB Type-C universal porti, 4000 mA-soat sig‘imga ega batareya bilan jihozlanadi. Ehtimol, Note 7’ga samaradorlikni oshirish uchun pochta, ijtimoiy tarmoq va messenjerni birlashtiruvchi Samsung Focus dasturi avvaldan o‘rnatiladi.

Samsung yangi Note’ni namoyish qilish muddatlarini yil sayin surib bormoqda. Note 3 2013 yil 25 sentabrda, Note 4 2014 yil 3 sentabrda, Note 5 esa 2015 yil 13 avgustda namoyish qilingandi. Ko‘rinishicha kompaniya uning yangi qurilmalari Apple odatda kuzda ko‘rsatadigan iPhone va sentabrdagi IFA ko‘rgazmasida ko‘rsatiladigan boshqa qurilmalar  oldida ko‘rimsiz tuyulmasligini istaydi.

 

Foto:Google image