Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik suzuvchi Maykl Felps beshinchi bor Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi
Amerikalik suzuvchi, 18 marta Olimpiya chempioni Maykl Felps AQSh milliy chempionatida alohida masofada suzish bo‘yicha birinchilikni qo‘lga kiritdi va 2016 yil Rio-de-Janeyroda o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlariga beshinchi bor yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
31 yoshli suzuvchi milliy chempionatda 200 metr masofaga batterfley uslubida suzish bo‘yicha 1 daqiqayu 54,84 sekund qayd etib, birinchilikni qo‘lga kiritdi. Ushbu masofada suzish bo‘yicha jahon rekordi Felpsga taalluqli bo‘lib, 1.54,58 sekund natijani tashkil etadi. Shu ma'noda u beshinchi Olimpiyadada ishtirok etayotgan birinchi amerikalik hisoblanadi.
Amerika saralash musobaqasi 26 iyun kuni Omaxada boshlangan edi. Musobaqa 3 iyulga qadar davom etadi.
foto:© EPA/SVEN HOPPE
Mavzuga oid
17:27 / 01.08.2018
O‘n yoshli suzuvchi 23 karra olimpiya chempioni Felpsning rekordini yangiladi
22:39 / 02.03.2018
99 yoshli avstraliyalik suzuvchi yangi rekordni o‘rnatdi
08:44 / 13.09.2017
Felps Makgregorni yana kurashga chorladi
08:46 / 30.08.2017