Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Felps Makgregorni yana kurashga chorladi
Suzish bo‘yicha 23 karra olimpiya chempioni Maykl Felps aralash uslub (MMA) bo‘yicha jangchi Konor Makgregorga 100 metrga erkin usulda suzish bo‘yicha bahsda 50 metrlik o‘ziga xos imtiyoz berishini ma'lum qildi. Bu haqda The National xabar bermoqda.
«Men unga bellashishni taklif qilib, hazillashgandim. Biroq, agarda u musobaqa o‘tkazishni istasa, menga baribir. U bilan kuch sinashib ko‘raman. Agarda biz bir yildan so‘ng uchrashganimizda, men bir yil yoki olti-sakkiz oy shug‘ullanishim mumkin edi. Men, agarda bu lozim bo‘lsa, 48 soniyada suzib o‘taman. U bir daqiqadan kam vaqt sarflaganini ko‘rmadim. Shuning uchun hattoki 50 metrlik imtiyoz bergan taqdirimda ham, undan ustun kelaman», - deya ma'lum qildi Felps.
30 avgust kuni sport tarixidagi yagona 23-karra olimpiya chempioni Maykl Felps Konor Makgregorni kurashga chorlagandi.
Iyul oyida esa Felps 100 metrga suzishda oq akulaga mag‘lub bo‘ldi.
Mavzuga oid
08:07 / 22.03.2025
Konor Makgregor Irlandiya prezidenti bo‘lish istagini bildirdi
00:41 / 23.11.2024
Konor Makgregor jinsiy tajovuz qilganlikda aybdor deb topildi. U endi 250 ming yevro jarima to‘laydi
10:59 / 24.01.2021
UFC 257. Markaziy jangda Pore Makgregorni nokautga uchratib, revansh oldi
19:10 / 29.11.2019