Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada 420 nafar kishi issiq urishidan shifoxonaga yotqizildi
Yaponiyada hukm surayotgan jazirama tufayli 420 kishi shifoxonalarga yotqizildi, deb xabar qilmoqda Kiodo agentligi o‘z hisoblariga asoslangan holda.
2 iyul kuni Kanadzava va Toyama prefekturalarida havo harorati 37 darajagacha ko‘tarilgan, Fukuida – 36, Mieda – 35,9, Kioto prefekturasida – 35,5 darajani tashkil etgan.
929 meteorologiya nazorat punktidan 446tasida harorat 30 darajadan oshgan, 31-tasida 35 darajadan yuqori raqam qayd etilgan. Yaponiya poytaxtida esa havo harorati 31 darajani tashkil etgan.
Sinoptiklarning ma'lumotlariga ko‘ra, havo harorati 3 iyul kuni ham pasaymaydi. Tokio, Kioto, Saytama, Nagoya kabi shaharlarda harorat 33 darajagacha ko‘tarilishi aytilmoqda.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025