Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi butun dunyo bo‘ylab 1000 ta yangi do‘konini ochadi
Xiaomi ilk paydo bo‘lgan paytlaridanoq internet-do‘konlarga e'tiborini qaratdi. Aynan ular tufayli tezkor va muvaffaqiyatli sotuvlar yo‘lga qo‘yildi. Bu esa o‘z navbatida Xiaomi'ni Xitoyning yetakchi ishlab chiqaruvchilaridan biriga aylantirdi. Bu haqida gagadget.com ma'lum qildi.
Vaziyatni buyurtma qilingan mahsulotni yetakazib berish bilan bog‘liq muammolar biroz murakkablashtirayotgan edi, lekin xarid bo‘limiga kompaniyaning sobiq bosh direktori Ley Jun rahbar etib tayyorlangandan keyin hammasi o‘z joyiga tushdi.
Ley Junning so‘zlariga ko‘ra, kelasi ikki yil ichida Xitoy mobil giganti butun dunyo bo‘ylab 1000 ta yangi do‘konini ochadi. Xiaomi standart do‘koni 250 m2 maydonga ega bo‘lib, unda 100 turdagi mahsulotlar namoyish etiladi. Xitoyliklar bunday do‘kondan yiliga 7,5 million dollargacha pul ishlashmoqchi.
Kompaniya do‘konlarning aynan qaysi shaharlarda barpo etilishiga doir ma'lumotlarga oydinlik kiritilmadi.
Teglar: do‘kon, Ley JunXiaomi butun dunyo bo‘ylab 1000 ta yangi do‘konini ochadi
Mavzuga oid
08:44 / 08.04.2025
Olmazor tumanida do‘kon yonib ketdi
13:21 / 16.12.2024
Toshkent aeroporti hududidan fuqaroga do‘kon ochishda yordam va’da qilgan shaxs ushlandi
07:50 / 11.09.2024
426 mln so‘mlik “svet”dan noqonuniy foydalangan savdo do‘koni aniqlandi
10:27 / 08.07.2024