Jamiyat | 08:44 / 08.04.2025
2366
1 daqiqa o‘qiladi

Olmazor tumanida do‘kon yonib ketdi

Saqichmon ko‘chasida joylashgan do‘konda yong‘in sodir bo‘lgan.

Foto: Videodan kadr

8 aprel kuni soat 07:44 da Toshkent shahar Olmazor tumani, Saqichmon ko‘chasida joylashgan do‘konda yong‘in sodir bo‘layotgani to‘g‘risida Toshkent shahar FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, yong‘in-qutqaruv ekipajlari aytilgan manzilga soat 07:47 da yetib borib, yong‘in soat 07:57 da o‘chirildi.

Yong‘in oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Mavzuga oid