Jamiyat | 11:02 / 12.07.2016
6590
1 daqiqa o‘qiladi

Videobloger kameraga qarab 900 soat tabassum qildi

Foto: YouTube

Burchakda jilmayib o‘tirgan 4 soatlik videolari bilan tanilgan bloger Benjamin Bennet o‘zining YouTube'dagi kanaliga 221-sonli videosini chiqardi. Umumiy hisobda yigit kameraga qarab deyarli 37 kun yoki 884 soat jilmayib o‘tirgan. 

Bennet 2014 yildan boshlab roliklar chiqara boshlagan. Bir qancha vaqtdan so‘ng u Kickstarter portali orqali pul yig‘ib olmoqchi bo‘lgan, buning uchun yigit ishini tashlab, kun bo‘yi kameraga qarab jilmayib o‘tirishi kerak bo‘lardi. Vaqt ekvivalentidagi xarajatlarni bloger 8 dollarga baholadi. Biroq qiziqishni ishga aylantirish harakati muvaffaqiyatli yakunlanmadi. 

Sitting and Smiling loyihasi bugunga qadar 3 milliondan ortiq marta ko‘rildi. YouTube knalidagi yangilanishlarni butun dunyo bo‘ylab taxminan 30 ming foydalanuvchi kuzatadi.

Mavzuga oid