Jamiyat | 17:05 / 18.08.2016
9921
2 daqiqa o‘qiladi

YouTube blogeri Shimoliy Koreyadagi hayot tarzini targ‘ib qilishda ayblanmoqda

G‘arbdagi nashrlar videobloger Luis Koulni KXDRda olingan roliklar vositasida shimollik koreyslarning turmush tarzini targ‘ib qilishda ayblangan. Video YouTube portalidagi kanalda FunForLouis nomi bilan namoyish etilgan.

Roliklarda 33 yoshli bloger bu mamlakat bo‘ylab sayohati haqida hikoya qiladi va bu mamlakat haqidagi yomon fikrlarni yo‘qqa chiqarishga urinadi. U mahalliy oshxonalarga tashrif buyuaradi va mahalliy kishilar bilan muloqot qiladi. U quvnoq kayfiyatda bo‘lishiga qaramasdan ba'zi muammolarga ham yo‘liqadi, bir safar mehmonxonalardan birida suv yo‘qligi uchun u choy icha olmaydi.

G‘arb nashrlari, xususan VanityFair, The Washington Times va Forbes kabi nashrlarda videoblogerning harakatlari tanqid ostiga olingan va Koul sayyohlar uchun yangi sayyohlik yo‘nalishi ochishga urinishda, KXDR madaniyatini targ‘ib etishda ayblangan.

Luis Koul — taniqli videobloger bo‘lib, uning YouTube-kanalida 1,8 million o‘quvchi bor. Shuningdek, uning tvitterda 815 mingdan ortiq folloveri bor.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid