Honda elektr va gibrid mashinalar uchun yangi magnit ishlab chiqdi
Yaponiyaning Honda kompaniyasi Daido Steel metallurgiya konserni bilan hamkorlikda yangi turdagi neodimli magnit ishlab chiqdi. U, elektr va gibrid avtomobillarning dvigatellarida qo‘llaniladi.
Bu magnitlar aslida magnitlar kuchli tortish kuchiga ega bo‘lib, asosan nodir metallardan ishlab chiqariladi. Hondaning ta'kidlashicha, magnit tarkibidagi elementlar butun dunyo bo‘ylab notekis joylangan. Bu esa, uni ishlab chiqishda birmuncha qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.
Honda va Daido Steel mutaxassislari neodimli magnitning nodir metallarsiz turini ishlab chiqishni uddalashgan. U, issiqqa chidamliligi va samaradorligi bilan avvalgisidan qolishmaydi. Yangi mahsulot Sport Hybrid i-DCD motorida sinab ko‘riladi. U, Honda Freedga o‘rnatiladi.
Keyinchalik Honda mazkur texnologiyadan boshqa avtomobillarida ham foydalanishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid
18:17
Yaponiyada odamlarni yuvintiradigan kir mashinasi ixtiro qilindi
16:59 / 18.11.2024
AQShdan Xitoygacha 40 daqiqada: Ilon Mask samolyotlarni raketalarga almashtirmoqchi
21:47 / 17.11.2024
Yaponiya qirg‘oqlarida 6,2 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi
14:28 / 16.11.2024