Light | 16:07 / 14.07.2016
13056
2 daqiqa o‘qiladi

Saratonga chalingan bemor kuchukning so‘nggi sayohati

Foto: @robkugler / Instagram

Amerikalik Robert Kugler saraton kasaliga chalingan Bella laqabli iti bilan mamlakat bo‘ylab sayohatga yo‘l oldi. Bemor itiga so‘nggi sayohat uyushtirishga qaror qilgan erkak tarixi OAV vakillarini qiziqtirib qo‘ydi. Bu haqida CNN va WOWT 6 News telekanallari ma'lum qildi

Nebraskida istiqomat qiluvchi kishi 9 yil avval Bella laqabli labrador itini sotib oldi. 2015 yilning may oyida jonivorda osteosarkoma kasalligi topildi. O‘shanda Kuglerda itini sayohatga olib chiqish g‘oyasi paydo bo‘ldi. "Men shunchaki bir kuni uyga qaytib, uni o‘lik holatda topishni istamadim", - dedi itning egasi. 

Kugler va uning iti AQSh bo‘ylab sayohatni Chikagodagi dengiz xizmati bilan tanishuvdan boshlashdi, bir paytlar Kuglerning o‘zi ham shu bo‘limda faoliyat ko‘rsatgan. Shundan so‘ng ular Klivlend, Filadelfiya, Vashington, Niagara sharsharasi, Adirondak tog‘i va boshqa joylarni ziyorat qilishdi. Bugungi kunda Kugler va Bella Floridada bo‘lib, ular mamlakat bo‘ylab sayohat qilishni davom ettirishmoqchi. 

Kuglerning tan olishicha, u sayohatga nafaqat iti uchun, balki boshqa odamlarni ham yashashga undash niyatida ham yo‘l olgan. "Atrofdagilarni yashashga ilhomlantirmoqchiman. Bir-biringizni qanday bo‘lsangiz, shundayligingizcha seving va do‘st orttiring", - dedi u. 

Suratlar: cnn.com

Mavzuga oid