Fan-texnika | 17:57 / 15.07.2016
28584
2 daqiqa o‘qiladi

Qozog‘istonda yangi Nexia R3ning taqdimoti bo‘lib o‘tdi

14-iyul kuni Olma-otada O‘zbekistonning Ravon avtomobil savdo belgisining rasmiy taqdimoti bo‘lib o‘tdi. U, avvalgi Uz-Daewooni o‘rnini egallagan. Shu bilan bir vaqtning o‘zida, Qozog‘iston avtobozoriga yangi Nexia R3 ham kirib kelgan. Bu mashina ham aslida ikkinchi avlod Chevrolet Aveo (T250)ning takomillashgan namunasidir. Ravon taqdimoti doirasida yangi Nexia R3dan tashqari R2 (Spark) va Gentra ham namoyish etilgan

Garchi taqdimot marosimi o‘tkazilgan bo‘lsa-da, yangi «Neksiya»ning narxi e'lon qilinmagan. Va ularni yetkazib berish yaqin orada boshlanadi. Agar Rossiya bozorida Nexia R3 379 000 rubldan taklif etilayotganidan (taxminan 1 970 000 tenge), Qozog‘istondagi narxini ham taxmin qilish mumkin. «Neksiya»ning o‘ziga tortadigan jihati nafaqat uning arzonligida: unga o‘rnatilgan 1.5-litrli motor, avtomatik uzatmalar qutisi(olti bosqichli)ga ega to‘plamining ham mavjudligi, shu bilan birga birmuncha xavfsizligidadir.

Mavzuga oid