Fan-texnika | 15:52 / 20.07.2016
5931
2 daqiqa o‘qiladi

Audi elektrokarlar tadqiqotiga katta miqdorda mablag‘ ajratadi

Germaniyaning Audi kompaniyasi, tadqiqot va ishlanmalar uchun taqsimlagan byudjyetining 1/3 qismini elektromobillar, raqamli xizmatlar va mashinalarni muqobil boshqarish tizimlari sohasiga yo‘naltiradi, deb xabar qilmoqda Reuters agentligi o‘z manbalariga tayangan holda. 

Audi ijrochi direktori Rupert Shtadler, avtomobilsozlik kompaniyasining 20-iyul kuni bo‘lib o‘tajak yopiq majlisida yangi rejasini oshkor qilishi kutilmoqda. Reutersning qayd etishicha, nemis avtokompaniyasi 2025 yilga kelib, sotilgan avtomobillarining chorak qismi elektromobillarga to‘g‘ri kelishini xohlamoqda. 

Avval xabar berilganidek, Audi 2018 yildan boshlab har yili, xo‘jalik elektr tarmog‘idan quvvatlanadigan bittadan elektromobil yoki gibrid mashina taqdim etishni rejalashtirgan. Bu borada, Q6 e-tron krossoveri birinchi bo‘ladi. 

2015 yil sentabr oyida Frankfurtda namoyish etilgan elektrli yo‘ltanlamas 435 ot kuchiga ega. U, joyidan qo‘zg‘alganda 4,6 soniyada soatiga 100 km tezlikka erisha oladi. Batareya quvvati 500 kmga yetishi kerak. 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid