Jahon | 15:34 / 20.07.2016
8342
1 daqiqa o‘qiladi

Shanxayda samolyot ko‘prikka qulashi natijasida 5 kishi halok bo‘ldi

Shanxayda gidrosamolyotning ko‘prikka qulashi natijasida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqida Shanghai Daily mahalliy gazetasi xabar berdi

Baxtsiz hodisa mahalliy vaqt bilan soat 12:15da Cessna 208B gidrosamolyotining Shanxaydagi Tszinshan hududi sohillaridan parvozni amalga oshirganidan 10 daqiqa o‘tib sodir bo‘lgan. U  Chjoushan shahri tomon yo‘l olgan bo‘lgan. Bu samolyotning ilk sinov parvozi hisoblangan. 

Ma'lumotlarga ko‘ra, samolyot bortida 10 kishi bo‘lgan, ularning orasida ikki nafar uchuvchi, mahalliy televideniye muxbiri va operator bo‘lgan. Voqea sodir bo‘lgan joyga yetib kelgan qutqaruvchilar jabrlanganlarni samolyotdan olib chiqishgan, biroq ulardan 5 nafari olgan jarohatlari tufayli hayotdan ko‘z yumgan. 

Samolyotning qulashiga texnik nosozliklar sabab bo‘lganligi taxmin qilinmoqda. 

Mavzuga oid