ShHT bosh kotibi: Tashkilot BMT bilan hamkorlikka katta e'tibor qaratmoqda
Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) BMT va uning bo‘limlari bilan hamkorlik qilishga katta e'tibor bermoqda hamda unga global xavfsizlikni qo‘llab-quvvatlovchi yetakchi universal xalqaro tuzilma sifatida qaramoqda. Bu haqida ShHT bosh kotibi Rashid Alimov BMT bosh kotibi lavozimiga nomzod Vesna Pusich bilan bo‘lgan uchrashuvida ma'lum qildi.
“Biz BMTning markaziy muvofiqlashtiruvchi rolining bundan keyin ham kuchayishi tarafdorimiz. ShHT va BMT hamkorligi mintaqaviy va universal tashkilotlar orasidagi aloqalarga yaqqol misol bo‘la oladi”, - deya ta'kidladi Alimov.
ShHT Kotibiyatining TASS muxbiriga xabar qilishicha, uchrashuv davomida Pusich BMT bosh kotibi lavozimiga nomzod sifatida o‘z dasturini taqdim etgan. U saylov jarayonining borishi va Jahon tashkilotiga bosh kotib etib tayinlangan taqdirdagi ustuvor maqsadlari haqida so‘z yuritdi.
Vesna Pusich – xorvatiyalik siyosiy arbob. 2011-2016 yillarda Xorvatiya tashqi ishlar va Yevropa integratsiyasi vaziri lavozimida faoliyat olib borgan. 2016 yilning boshidan esa Xorvatiya parlamentining spiker o‘rinbosari hisoblanadi.
Mavzuga oid
16:16 / 16.11.2024
Ekspertlar: BMTning iqlim bo‘yicha konferensiyalari «maqsadlarga mos kelmaydi»
17:11 / 15.11.2024
Ilon Mask Eronning BMTdagi elchisi bilan maxfiy uchrashuv o‘tkazgani ma’lum bo‘ldi
17:39 / 07.11.2024
BMT Markaziy Osiyoda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar soni kamayganini qayd etdi
17:00 / 05.11.2024