Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMT: Afrikada har 6 soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda
BMT hisobotiga ko‘ra, G‘arbiy va Markaziy Afrikada 36 milliondan ortiq kishi oziq-ovqat tanqisligini boshdan kechiryapti.
Ijtimoiy tengsizlik va qashshoqlik hali ham dolzarb global muammolar bo‘lib qolmoqda. BMTning Rossiyadagi Axborot markazi direktori Vladimir Kuznetsovning so‘zlariga ko‘ra, Afrika mamlakatlarida har olti soniyada ochlikdan bir bola vafot etmoqda.
«Qashshoqlik, oziq-ovqat xavfsizligi. Afrikada hanuz har olti soniyada ochlikdan bir bola vafot etadi — bu dahshat», — deydi Kuznetsov.
U, shuningdek, sun’iy intellekt rivojlanayotgan bir paytda Yer aholisining 50 foizi internetga kira olmasligiga e’tibor qaratdi.
9 may kuni Birlashgan Millatlar Tashkiloti e’lon qilgan hisobotda qayd etilishicha, G‘arbiy va Markaziy Afrikada 36 milliondan ortiq kishi oziq-ovqat tanqisligini boshdan kechirmoqda. Hosil yaxshi bo‘lmagan yilda 52 milliondan ortiq odam ochlik xavfi ostida qolishi mumkin.
2024 yil oktyabr oyi ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda 733 million kishi ochlikdan aziyat chekmoqda, ularning aksariyati Afrika mintaqasida yashaydi. Dunyoning 36 ta davlatida to‘yib ovqatlanmaslik bilan bog‘liq holat «jiddiy», oltitasida esa «o‘ta jiddiy» deya ta’riflangan. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berishga qurolli mojarolar, xususan, Sudandagi fuqarolik urushi, global iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlari ta’sir ko‘rsatyapti.
Mavzuga oid
10:48 / 22.05.2025
BMT G‘arbiy sohilda diplomatlarga qarata o‘q uzilganini qoraladi
21:49 / 21.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
20:16 / 20.05.2025
“Global iqtisodiyot qaltis pallada” - BMT Tramp tufayli iqtisodiy o‘sish prognozini pasaytirdi
07:29 / 14.05.2025