Jamiyat | 16:21 / 20.07.2016
14649
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston aholisidan tushayotgan shikoyatlarning katta qismi kommunal sohaga to‘g‘ri kelmoqda

O‘zbekistonning Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi iste'molchilar huquqini himoya qilish bo‘yicha ishlarga doir analitik ma'lumotini chop etdi. 

Aholi o‘rtasida iste'molchilar huquqini himoya qilish bo‘yicha joriy qonunchilik normalarini keng targ‘ib qilish maqsadida 2016 yilning 6 oyi ichida iste'molchilar huquqini himoya qilishga doir 710 chiqish tashkillashtirilgan, jumladan televideniyeda – 271, radioda – 216, nashriyotlar va internet-resurslarda – 223. 

Shuningdek iste'molchilar huquqini himoya qilish bo‘yicha 85 seminar, brifing va davra suhbatlari o‘tkazilgan. Turli xil xizmat ko‘rsatuvchi savdo obektlari va boshqa korxonalarda 1769 material osilgan, respublikaning shahar va tumanlarida 111 dan ortiq banerlar joylashtirilgan hamda 130 marta ma'rifiy ishlar olib borilgan. 

Aholi orasida tushuntirish ishlari olib borilishi hamda iste'molchilar huquqini himoya qilish tizimini faol targ‘ib qilish natijasida fuqarolarning Davlat raqobat qo‘mitasiga murojaatlari soni oshganligi kuzatilmoqda, bu aholining iste'molchilik madaniyati oshganligidan dalolat beradi. 

Shunday qilib, 2016 yilning 6 oyi ichida Davlat raqobat qo‘mitasi va uning hududiy organlariga fuqarolardan 3375ta shikoyat va arizalar kelib tushgan. Xususan, ulardan 2395tasi yozma shaklda, 980tasi ishonch telefonlari orqali amalga oshirilgan. 

Kelib tushgan shikoyat maktublarining 65,5 foizi kommunal sohaga to‘g‘ri keladi, 18,2 foizi savdo-sotiq va ijtimoiy ovqatlanish, 6,7 foizi transport, aloqa va kommunikatsiya sohalari, qolgan 9,5 foizi esa boshqa sohalarga taalluqlidir. 

Mavzuga oid