Jamiyat | 10:23 / 29.07.2016
77723
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkentda 3 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan yirik YTH ro‘y berdi
Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi «Voditeli Tashkenta» guruhi a'zolari Toshkent shahridagi sobiq Frunze savdo markazi chorrahasida 28 iyuldan 29 iyulga o‘tar kechasi yirik yo‘l transporti hodisasi yuz bergani haqida xabar berishdi.
Guvohlarning so‘zlariga qaraganda, katta tezlikda yelib borayotgan Spark avtomobili qizil chiroqdan o‘tib ketib, Cobalt avtomobiliga borib urilgan. Natijada, portlashni eslatuvchi ovoz eshitilgan va Spark ag‘darilib ketgan.
Bir necha guvohning tasdiqlashicha, “Spark”dagi 3 yo‘lovchi halok bo‘lgan, haydovchi og‘ir ahvolda shifoxonaga olib ketilgan. “Kobalt”ning haydovchisi va 2 yo‘lovchisi omon qolgan.
Mavzuga oid
16:37
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
10:51
Toshkent aeroportida eshitish qobiliyati cheklangan shaxslar ish boshladi
17:02 / 22.11.2024
Toshkentda 4 mln dona pirotexnika buyumlari yo‘q qilindi
15:28 / 22.11.2024