Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Almazbek Atambayevning qo‘shiq kuylashiga Toshkentga qilgan safari sabab bo‘ldi
“Men ovoz yozish studiyasida besh qo‘shiqni yozishga atigi 47 daqiqa sarfladim, lekin har safar ularni deb qancha g‘avg‘o ko‘tarilmoqda”, - deya ma'lum qildi Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev 1 avgust kuni OAV vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, uning qo‘shiq yozishiga Toshkentga qilgan safari turtki bo‘lgan. Parvoz oldidan davlat rahbariga muayyan muammolar tufayli prezident borti bilan uchmaslik tavsiya qilingan. Biroq tashrifni bekor qilib bo‘lmasdi, shu bois davlat rahbari o‘z jamoasi bilan Toshkentga qarab yo‘l oldi.
“Men parvoz davomida o‘ylanib qoldim va o‘limdan qo‘rqmasligimni anglab yetdim. Biroq o‘zimdan keyin nimadir qoldirgim keldi. Shu bois uyga qaytganimdan so‘ng men beshta qo‘shiq yozdim. Bunga ko‘p vaqt ketmadi – atigi 47 daqiqa. Kliplarni esa qo‘shiq yozgan yigitlar tayyorlashdi. Har safar ular namoyish qilingandan keyin nima uchun shuncha muammo yuzaga keladi, hayronman”, - dedi prezident.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
07:50 / 24.05.2025