Italiya isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik uchun yangi qonun qabul qildi
Italiyada har yili juda katta miqdordagi oziq-ovqat mahsulotlari maxsus chiqindi qutilariga tashlanadi, buning oldini olish bo‘yicha bir qator choralar ko‘rilishi nazarda tutilgan yangi qonun qabul qilindi.
181 nafar senator tomonidan ma'qullangan yangi qonun loyihasi chiqindixonalarga tashlanadigan 5 million tonna oziq-ovqat mahsulotining hajmini bir yilda 1 million tonnaga qisqartirmoqchi.
Hukumat oziq-ovqat mahsulotlarining bekorga isrof bo‘lishi mamlakat iqtisodiyoti va aholisiga yiliga 12 milliard yevroga tushmoqda, deb hisoblaydi. Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, bu Italiya YaIMning 1 foizdan ko‘prog‘ini tashkil qilishi mumkin. Bu muammo faqatgina Italiyaga taalluqli emas.
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining baholashicha, dunyoda yeguliklarning uchdan bir qismi isrof bo‘lmoqda, Yevropada esa bu ko‘rsatkich 40 foizni tashkil etadi.
“Bugungi kunda Yevropada isrof bo‘layotgan oziq-ovqat mahsulotlari 200 million kishini ochlikdan qutqarishi mumkin”, - deyiladi tashkilotda. Bu Italiyada qonun himoyachilarining birinchi marta ochlik bilan kurashishi emas.
Yangi qonun qabul qilingunga qadar ishlab chiqaruvchilar va sotuvchilar keraksiz yemishlar hajmini qisqartirish harakatlarida katta qiyinchiliklarga duch kelishgan.
Masalan, ularning ko‘pchiligi muddati tugagan mahsulotlarni xayriya tashkilotlariga hadya qilishda gigiyena va xavfsizlik standartlarini buzishdan qo‘rqishgan.
Yangi qonun esa bunday hadya jarayonini yengillashtiradi – bu sotuvchilarni qat'iy sanitar standartlariga rioya qilish zaruratidan ozod qiladi.
Endi kompaniya oyda bir marta oddiy hujjatni to‘ldirsa bo‘ldi. Shunda ular muddati o‘tgan mahsulotlarining sotilishi uchun javobgarlikdan qutulishadi, ular qancha ko‘p hadya qilishsa, shuncha kam soliq to‘lashadi.
Qishloq xo‘jalik vazirligi oziq-ovqat mahsulotlarini yanada mukammal qadoqlash usullari borasidagi tadqiqotlarga 1 million yevro ajratdi.
Mavzuga oid
21:14 / 22.11.2024
Italiyada ekofaollar norozilik ramzi sifatida IIV binosi qarshisiga go‘ng to‘kdi
11:31 / 18.11.2024
Xitoy O‘zbekistonda oziq-ovqat va asbob-uskunalar ishlab chiqarish masalasini ko‘rib chiqyapti
16:48 / 17.11.2024
Italiyalik tadbirkor o‘g‘irlab ketilishini uyushtirgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
22:08 / 15.11.2024